Inspektor-psixologlarning ta’lim tarbiyaga oid bilim darajasi va ko’nikmalarini oshirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalarining professor o’qituvchilari tomonidan o’quv seminari o’tkazildi

19.Noy.2024

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan tuzilgan Memorandumga muvofiq, Milliy gvardiya inspektor-psixologlarining ta’lim tarbiyaga oid bilim darajasi va ko’nikmalarini oshirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalarining professor o’qituvchilari tomonidan o’quv-seminari o’tkazilib kelinmoqda. Mana shunday o’quv-seminarlarning biri Milliy gvardiya Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo’limining barcha shahar va tuman inspektor-psixologlari ishtirokida ham tashkil etildi. O’quv-seminar mobaynida professor-o’qituvchilar tomonidan inspektor-psixologlarga biriktirilgan maktablarda o’quvchilar bilan ishlash jarayonida zarur bo’lgan zamonaviy bilimlar o’rgatildi. O’tkazilgan ushbu seminar mobaynida ishtirokchilarga Milliy gvardiya Qo’mondonligi hamda ma’naviyat va ma’rifat markazining sertifikatlari topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech