Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida otaliqqa olingan, uyushmagan va ogʻir toifadagi yoshlar bilan oʻrganish ishlari davom etmoqda

16.Okt.2024

Oʻrganish jarayoni davomida qoʻmondon oʻrinbosari Ulugʻnor va Oltinkoʻl tumanlaridagi hamda ishchi guruh aʼzolari viloyatning barcha tumanlaridagi maktablarga tashrif buyurib, davomat masalalari, maktab xavfsizligi, darslarni surunkali qoldirayotgan oʻquvchilar va ogʻir toifadagi oʻquvchilarning holatini atroflicha tahlil qilishdi. Shundan kelib chiqqan holda inspektor-psixologlarning faoliyatini, ularning yoshlarga koʻrsatayotgan psixologik yordamini inobatga olib, oʻquvchilarning muammolarni aniqlash va hal etish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.

Ushbu tadbirlar orqali yoshlarning taʼlim olishini taʼminlash, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, hamda psixologik yordamni mustahkamlash maqsad qilingan. Bunda, yoshlar orasida ijodiy faollikni oshirish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va masʼuliyat hissini shakllantirishga ham alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etilmoqda.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech