Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun "Vatanparvarlik, shukronalik – oiladan boshlanadi" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Mazkur tadbirda Markaziy devon masʼullari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlarining turmush oʻrtoqlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida mehmonlar harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolariga turmush oʻrtoqlari yurt tinchligi va xalq farovonligi yoʻlida xizmat qilayotganligini, jangovar vazifalarni bajarishda qiyinchilik va mashaqqatlarni oila aʼzolari va hamkasblarining maʼnan qoʻllab-quvvatlashlari sabab uddalay olishini, ularning ruhiy holati va kayfiyati ijobiy boʻlishi oilaga bogʻliq ekanligini taʼkidlashdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan davra suhbatida mutasaddilar hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, oʻz tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi va tinglovchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Shundan soʻng, masʼullar harbiy xizmatchilarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari va mavjud muammolarini oʻrganishdi. Shu bilan bir qatorda, asosiy eʼtibor ijtimoiy qoʻllab quvvatlash hamda oilalarda sogʻlom muhitni yaratishga qaratilgan sayyor qabul davomida tashrif buyurganlar koʻplab muammolariga yechim topishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkillashtirildi. Malakali shifokorlar tomonidan har bir fuqaro individual tarzda tekshiruvdan oʻtkazildi va ularga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bo`lishmoq: