О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda poytaxtimizning bir qator umumta’lim maktablaridan kelgan jami 300 ga yaqin o‘quvchi yoshlar universitetda taxsil olayotgan kursant va talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan universitet hududlarida joylashgan sinf xonalari, sport shaharchalari, о‘quv binolari, axborot-resurs markazi, kursantlar yotoqxonasi va oshxonasi, ma’naviyat va ma’rifat markazi, xizmat otlari va xizmat itlarini tayyorlash markazida zamon talablari asosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir davomida о‘quvchi-yoshlar о‘zlarining qiziqtirgan savollariga universitet mas’ul harbiy xizmatchilari tomonidan yetarlicha javoblar oldi.
Shuningdek, о‘quvchi-yoshlar e’tiboriga kursantlar tomonidan kо‘rgazmali qо‘l jangi chiqishlari, bayroqdor guruhining safona chiqishlari namoyish etildi. Tadbir yakunida o‘quvchi-yoshlar ong-u shuurida xalqi va Vatani oldidagi burchiga sadoqati hamda yurti uchun vatanparvarlik fazilatlarini bahshida etib kelayotgan kursant akalari yoshlar uchun haqiqiy namuna maktabini o‘tadi.
Shu kabi tadbir dasturlari yurtimizda kamol topib borayotgan yosh avlod uchun vatanparvarlik fazilatlarini shakllanishiga hamda yurt tinchligi uchun mas’ullik va daxldorlik kabi yuksak tuyg‘ularning tug‘yon urishiga zamin yaratadi.
Bo`lishmoq: