Bugun Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan uch avlod maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari o‘zida tarix, bugun va kelajakni aks ettiradi. Yoshlarimiz ishlarimiz ushbu tadbirlarda faxriylarning boy hayoti tajribasidan o‘rnak olishib, ilg‘or yoshlarning yutuqlari va g‘ayrat shijoatga to‘la tengqurlarining rejalari bilan o‘rtoqlashadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi. Mazkur tadbirda Qurolli kuchlarimizda xizmat qilib nafaqaga chiqgan isteʼfodagi harbiy xizmatchilar, Milliy gvardiya faxriylar kengashi aʼzolari, serjant va ofitserlar, muddatli harbiy xizmatchilar, “Temurbeklar maktabi”, harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari, mehribonlik muassasalari va oilaviy bolalar uylari hamda Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov kirish so‘zi bilan ochib berib, uch avlod uchrashuvidan yoshlar boy taʼsirotlarga ega bo‘lishiga ishonch bildirishini taʼkidladi. Yoshlar uchrashuv davomida faxriylar va hozirda namunali xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning faoliyat yo‘llari bilan tanishishdi. Bugunda milliy armiyamizda yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbir savol javoblarga boy tarzda o‘tdi. O‘zaro suhbat va muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan ham maʼlumki, bugunda yoshlarimiz harbiy vatanparvarlik ruhida o‘sib, harbiylikka bo‘lgan qiziqishi oshib bormoqda. Uchrashuv mobaynida esa ularga harbiy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, muddatli harbiy xizmat va imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Yoshlarning isteʼdodini, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan konsert dasturi havola etildi.
Bo`lishmoq: