Bugungi kunda yoshlar har jabhalarda o‘zlarining oldiga qo‘ygan maqsadlari tomon shijoat va jasorat bilan harakat qilib kelmoqdalar. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Yangiyer shaharlararo qo‘riqlash bo‘limida Yangiyer shahar 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Tadbir davomida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda soha vakillari yoshlarga ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha batavsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Bu ochiq eshiiklar kuni yoshlarda o‘zgacha qiziqish qoldirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bo`lishmoq: