"Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida harbiy xizmatchilar oila a’zolari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning harbiy hayoti, qo`l jangi chiqishlarini kuzatish, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi. Shuningdek, harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbir davomida, yoshlar uchun anjom-aslahalar, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalashda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishi shubhasiz.
Bo`lishmoq: