“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

10.Yan.2025

Bugun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda yoshlar, professor o‘qituvchilar, harbiylar hamda faxriylar ishtirok etdi. 

Dastlab, universitet rektori B.Mardonov hamda Milliy gvardiya Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik T.Nurmamatovlar barchani bayram bilan qutladi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiylarining chiqishlari, talaba yoshlarning sahna ko‘rinishlari, ular tomonidan ijro etilgan she’rlar va kuy-qo‘shiqlar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech