"Yangi O'zbekiston armiyasi" shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi

05.Fev.2025

Universitetda "Yangi O'zbekiston armiyasi" shiori ostida vatanparvalik tadbirlari bo’lib o’tmoqda

Bugun, 4-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi 82885 harbiy qism jamoasi bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston armiyasi" shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti talabalari hamda Jismoniy tayyorgarlik va sport ishlari bo‘yicha yo‘riqchi, kapitan Axror Abdusaminov jamoasi ishtirokida voleybol sport turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatlik va texnik mahoratini namoyish etdilar.

Shuningdek, Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetida talaba-yoshlar o’rtasida kurash musobaqalari o’tkazilib, unda ishtirokchilar o’zaro bellashishdi. Kurash bahslari qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, ishtirokchilar o‘z mahoratini, chaqqonlik va kuchini namoyon qilishdi. G’oliblikni qo’lga kiritgan va faol ishtirok etgan talaba-yoshlar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi yoshlarning Vatanga sadoqatini mustahkamlash, ularni milliy g‘urur va fidoyilik ruhida tarbiyalashdan iborat.

"Yangi O'zbekiston armiyasi" shiori ostidagi targ’ibot tadbirlari shu yilning 8-fevral kuniga qadar davom etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech