O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondonining farmoyishiga asosoan, Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, harbiy qism va ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida ingliz tilida viktorina o‘tkazilishini tashkillashtirish va o‘tkazish belgilangan. Farmoyishga muvofiq Samarqand viloyat “Axborot” kutubxona markazida Milliy gvardiyaning Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmalari, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, harbiy qism va ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” mavzusida ingliz tilida viktorini o‘tkazildi.
Jamoalar, uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Musobaqa ancha qizg‘in tus oldi. Har bir shart bo‘yicha ishtirokchi jamoalari o‘n ballik tizimda baholanib borildi. Natijaga ko‘ra, Samarqand viloyatining “Inovator” jamoasi 3- , Jizzaxning “Renissans” jamoasi 2- o‘rinni egallagan bo‘lsa, Milliy gvardiyaning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasining “Everest” jamoasi 1-o‘rinni egallab, viktorinaning mutloq g‘olibiga aylandi.
Tadbir yakunida, jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Bo`lishmoq: