Yangilangan Konstitusiya va strategiya haqida huquqiy bilimlar mustahkamlandi

04.Dek.2023

Shu kunlarda davlat organlari va tashkilotlari mehnat jamoalarida "Konstitusiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!"degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan tadbirlar tashkil etilishi davom etmoqda.
Poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazida yuridik ta'minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda ishchi xizmatchilar uchun yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "O'zbekiston — 2030" strategiyasi haqida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
O'quv mashg'ulotida 2023 yil 30 aprel kuni xalqimiz tomonidan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitusiyasi barcha sohalardagi islohotlarning siyosiy-huquqiy asoslari, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berilganligi qayd etildi. Shuningdek, konstitusiyaviy islohotlarning bosh tamoyili hisoblangan "suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat" tushunchalari, "Konstitusiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!"degan hayotiy shiorning mazmun–mohiyati, inson huquq va erkinliklari qo'shimcha kafolatlar, yangi kiritilgan 27 ta yangi moddaning – shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uchun amaliy ahamiyati, Davlat rahbari, parlament va hukumat qarorlari asosida yangi tahrirdagi Konstitusiyani amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.
Qayd etilishicha, yangilangan Konstitusiya qabul qilinishi munosabati bilan Davlat rahbarining 14 ta, Vazirlar Mahkamasining 10 ta qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan. Shuningdek Odil sudlovni amalga oshirishda konstitusiyaviy normalarni to'g'ridan-to'g'ri qo'llash bo'yicha Oliy sudi Plenumining qarorlari qabul qilingan. Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlangan "qonunchilikni yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiqlashtirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" asosida 30 ta yo'nalishda qonunlar va kodekslarga o'zgartirish kiritish yoki yangi tahrirda qabul qilish bo'yicha norma ijodkorligi faoliyati davom etmoqda.
Shuningdek, tadbirda notiqlar tomonidan konstitusiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Davlat rahbari tomonidan tasdiqlangan "O'zbekiston — 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati, shu jumladan erkin, farovon va qudratli yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lidagi kontseptual ahamiyati ochib berildi.
"O'zbekiston — 2030" strategiyasining har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, "xavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi 5 ta ustuvor yo'nalishidagi vazifalar bo'yicha to'xtaldi.
O'quv mashg'uloti ishtirokchilariga, mulkiy huquqlarni ta'minlash, sog'liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga g'amxo'rlik ko'rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish yo'nalishlaridagi ishlar natijalari haqida ma'lumot berildi.
Milliy gvardiya tizimida yangilangan Konstitusiya bo'yicha tashkiliy va ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech