"Yashil makon" loyihasi bilan yashillikka yuz tutayotgan hududlar

27.Noy.2024

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari  tomonidan Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududidagi bo‘sh yer maydoni obodonlashtirilib, hududda turli manzarali va mevali daraxt ko‘chalarini ekish ishlari olib borilib, bog‘ barpo etilmoqda.
Ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan ushbu xayrli ishlar orqali hudud yana-da obod va ko‘rkam maskanga aylanmoqda. Xodimlar tomonidan yaratilayotgan mazkur bog‘da yapon saforasi, katalpa, sosna, shuningdek, shaftoli va o‘rik kabi 2000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech