“Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda

17.Fev.2025

Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonda “yashil belbog‘” loyihasiga start berildi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo’yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov boshchiligidagi shaxsiy tarkib ham ushbu tadbirda munosib ishtirok etib, ushbu loyihaga o’z hissalarini qo’shdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech