Yurtning har bir farzandi - Vatan himoyachisi!

08.Fev.2025

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-son PQga asosan 2025-yilning 7-fevral kuni Davlat xavfsizligi xizmati Temurbeklar maktabi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir davomida oʻquvchilarning eʼtiboriga universitet haqida videorolik namoyish etildi. Undan soʻng universitet muzeyi, jangovar texnikalar koʻrgazmasi, kursantlarning qurol bilan koʻrgazmali chiqishlari hamda orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi jangovar musiqalar sadolari bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻz yakuniga yetdi. Bu kabi tadbirlar yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshishiga hamda yurt uchun daxldorlik hissi tobora shakllanishiga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech