“Kamondan otish” turi bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

27.Dek.2024

Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahrida joylashgan Kar va zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan 80-maktab internatida sportning “Kamondan otish” turi bo‘yicha maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi. Avval kamondan otish bo‘yicha dastlabki tushunchalar berilib , o‘g‘il-qizlar, ushbu sport turi haqidagi daslabki tushunchalarga ega bo‘lishlari uchun mutaxassislar o‘q-yoylarning turlari, to‘g‘ri mo‘jalga olish usullari hamda nishonni aniq zabt etish uchun o‘qlarini yo‘naltirish tartiblari haqida maʼlumotlar berdilar, so‘ngra barcha bolajonlar ushbu sport turida o‘zlarini sinab ko‘rishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech