Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Harbiy prokuratura hamkorligida gvardiyachilar va ularning oila a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar uchun kitob yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, oilalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni boyitish hamda gvardiyachilar farzandlarini ilmga, bilimga va tafakkurga yo‘naltirishdir.
Kitob yarmarkasi ishtirokchilarga nafaqat bilim, balki ruhiy ozuqa ulashib, ularni milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulariga yanada oshno etdi.
Bo`lishmoq: