Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sogʻlom, hech kimdan kam boʻlmasdan, boshini baland koʻtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Hozirgi kunda jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, doʻstlik va birodarlik tuygʻularini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimiz qalbi va ongida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 30 oktyabr kuni “Kitobxonlik kechasi” doirasida “Kitob insoniyatning qalb gavhari, tafakkur xazinasidur” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universitetida 2-kursantlar batalyoni shaxsiy tarkibi oʻrtasida arzon narxlarda tashkil etilgan kitob yarmarkasi ham amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir.
Bo`lishmoq: