Davlatmiz rahbarining 2019 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4163-son qarori asosida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma'naviyat va ma'rifat markazining 8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni arafasida ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur tantanali tadbirda Prezident maslahatchisi o'rinbosari, Prezident Administrasiyasi, Oliy Majlis va xavfsizlik kengashi, Vazirlar Mahkamasi mutasaddi rahbarlari, Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, san'at va madaniyat arboblari, Toshkent shahar va Yunusobod tuman hokimligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda yoshlar ishlari agentligi vakillari, hamkor vazirlik va idoralar, shuningdek, Milliy gvardiya huzurida faoliyat olib borayotgan bolalar psixologiyasi markazi psixologlari, Milliy gvardiya tizimidagi ta'lim muassasalari tinglovchilari, harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etidi.
Ma'naviyat va ma'rifat markazining tantanali ochilishi va Bosh Qomusimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda Milliy gvardiya qo'mondoni general-mayor R.Djuraev tashrif buyurganlarga qutlov nutqi bilan yuzlandi. Kirish so'zida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etdi.
Qomusimizning asosiy printsiplari umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishi va ularni hayotga tadbiq etish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida katta qadamlar qo'yilgani, ushbu jarayon bugungi kunda yangi bosqichga ko'tarilganiga alohida urg'u berildi.
Shu o'rinda, hukumatimiz tomonidan bolalar va yoshlarga katta e'tibor qaratilayotganligi bu yo'nalishda ham Yurtboshimiz tashabbusi bilan shahar va qishloqlarning har bir mahallasida yoshlarning o'z etakchisi faoliyati yo'lga qo'yilganligi muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi. Ushbu etakchilarning 36 nafari aynan Milliy gvardiya vakillari ekanligi aytilib bu katta mas'uliyat yuklashi bilan birga bildirilgan ishonch ekanligi aytib o'tildi.
Shuningdek, ta'lim muassasalarini deinstitusionalizasiya qilishda ham sezilarli natijalarga erishilgani, hattoki, bolalarni oilaviy bolalar uylari bag'riga, vasiylik yoki homiylikka topshirgach ham Milliy gvardiya tomonidan ushbu bolalarga mehr va e'tibor berilishi davom ettirilayotgani yodga olindi.
Shu o'rinda bolalar va tutingan ota-onalarga malakali psixologik yordam ko'rsatish maqsadida, yaqinda bolalar psixologiyasi markazi o'z faoliyatini boshlagani va mazkur markazning birinchi qavatidan bolalar aeromodellashtirish, robototexnika, IT-texnologiyalari to'garaklari bilan shug'ullanishlari mumkin bo'lgan yoshlar innovasion markazi o'rin olganiga ham to'xtalib o'tildi.
Ma'naviyat va ma'rifat markazi ham yuqorida ta'kidlangan fikrlarning mantiqiy davomi sifatida yoshlar va o'smirlar uchun ham xizmat qilishi aytilib, til o'rganish, Milliy raqs va sport mashg'ulotlari bilan shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligi ta'kidlandi.
Shundan so'ng, Milliy gvardiya qo'mondoni buyrug'i o'qib eshittirilib unga ko'ra sohaga yaqindan ko'mak berib kelayotgan hamkor vazirlik va idoralarning bir qator mutasaddilari va fahriylar munosib taqdirlandilar. Shu bilan birga, Milliy gvardiyaning uch nafar harbiy xizmatchisiga navbatdagi "polkovnik" harbiy unvoni topshirilib, 10 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar "O'zbekiston Konstitusiyasinig 30 yilligi" esdalik nishonlari hamda "To'maris izdoshlari-2022" ko'rik-tanlovida munosib ishtirok etgan 12 nafar ayol harbiy xizmatchilar "Ma'naviyat a'lochisi" ko'krak nishonlari bilan taqdirlandilar. To'rt nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari "a'lo xizmatlari uchun" ko'krak nishonlari, uch nafar harbiy xizmatchi va xodim, shuningdek, yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i "O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, besh nafar tizim harbiy xizmatchi va xodimlariga III darajali "namunali xizmatlari uchun" ko'krak nishoni, uch nafar faxriy harbiy xizmatchiga esdalik qo'l soatlari topshirildi.
Tashrif buyurgan mehmonlarning samimiy tilaklaridan so'ng tantanali tadbir kuy va qo'shiqlar sadosi ostida davom etib barchaga bayromona kayfiyat ulashdi.
Bo`lishmoq: