Asosiy qomusimizning mamlakat hayotidagi ahamiyatini yoshlar orasida yanada keng targ‘ib qilish – mamlakatimizda Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligini nishonlash arafasida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilning 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining O‘q otish tayyorgarligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan kursantlar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” mavzusida viktorina tashkil etildi. Mazkur viktorinaning asosiy maqsadi – Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mamlakatimiz hayotidagi roli va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini tushuntirish orqali kursantlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish hamda vatanparvarlik hissini yanada mustahkamlashdan iborat. Viktorinada “Adolat”, “Demokratlar” va “Senatorlar” jamoalari sog‘lom raqobat muhitida o‘zaro bellashdilar. Barcha shartlarni bajarish natijasida “Senatorlar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Viktorinada ishtirok etgan barcha kursantlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bo`lishmoq: