Farg'ona viloyati Qo'riqlash boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan "Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlariga bayonnoma tuzish hamda qaror chiqarish vakolati berilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi qo‘llanmaning mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga batafsil tushuntirildi.
Mazkur qo‘llanmaning asosiy maqsadi Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish jarayonini huquqiy me’yorlarga muvofiq amalga oshirish tartibini belgilashdan iborat. Shuningdek, bayonnoma tuzish va qaror chiqarish jarayonida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, shaffoflik va xolislikni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘nikmalar shakllantirildi.
Tadbir davomida qo‘llanmaning asosiy qoidalari, amaliyotda uchrashi mumkin bo‘lgan holatlar hamda ularni huquqiy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, xodimlarning savollariga atroflicha javoblar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Bo`lishmoq: