Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi

05.Fev.2025

Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi kafe, bar va restoranlar rahbarlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimini samarali amalga oshirishga qaratilgan Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda targ‘ibot ishlari olib borilib, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikni oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, har bir obyektda xavfsizlikni nazorat qilish, axborot almashish va ishonchli hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech