Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari tomonidan biriktirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarda MFY yettiligi bilan birgalikda ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda maktab o‘quvchilarining majburiy erta nikoh qurish holatlarini oldini olish va ular o‘rtasida salbiy holatlar, ya’ni daydilik va tilanchilik kabi g‘ayri jtimoiy xatti-harakatlarni barvaqt oldini olish; maktab bilan birgalikda doimiy ravishda davomatni tekshirish tadbirlarini tashkil etish, darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilarni aniqlash, manzilli ishlash orqali sabablarini o‘rganish bo‘yicha suxbat olib borildi.
Bundan tashqari quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish. ota onalar farzandlarini doimiy nazoratga olish
oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkillashtirish-sport va fan toʻgaraklariga jalb qilish Oʻquvchilarning ota-onalari va sinf rahbarlarining hamkorligini samarali tashkil qilish
surunkali oʻquvchilar, ijtimoiy ahvoli og'ir oilalar, ajrim yoqasidagi oilalar, janjalkash oilalar farzandlari bilan oila-mahalla-maktab tamoyili asosida manzilli ishlashni yanada samarali amalga oshirish uchun bir qator masalalar koʻrib chiqildi.
Bo`lishmoq: