Buyuk maʼrifatparvar alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va oʻzbek dramaturgiyasi asoschisi jadidchilik harakati, yaʼni yangicha oʻquv metodikasi Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yilligi yurtimiz boʻylab keng nishonlanmoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar boʻlinmasi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyiga Mahmudxoʻja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan tashrif buyurildi.
Mazkur tadbirda Yozuvchilar uyushmasi tarix muzeyi rahbari M.Ramazonova Mahmudxoʻja Behbudiy buyuk maʼrifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam oʻrin egallaganligi haqida maʼlumotlar berib, muzey bilan yaqindan tanishildi.
Bo`lishmoq: