MANAVIYAT VA MARIFAT SOATI

17.Sen.2024

2024-yil 16-sentabr kuni Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi anjumanlar zalida, Milliy gvardiya Markaziy devoni harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilari ishtirokida “Diniy ekstrimizm va terrorga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishda qo‘llaniladigan ijtimoiy dasturlar” va “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashgʻulotni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Xidirov Suxrobjon Norbo‘tayevich taklif etildi. Suxrobjon Norbo‘tayevichning ma’ruzasi harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilarida keng taassurot qoldirdi. Shuningdek ishtirokchilarga tahlilnoma dasturining so‘ngi soni namoyish etildi hamda mintaqadagi va Oʻzbekistondagi vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborot yetkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech