Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari hamda Buyuk Britaniya Uels Malikasi Qirollik polki Harbiy orkestrining bosh dirijyori podpolkovnik Vayne Hopla va uning jamoasi hamkorligida "Ohanglar sadosi" nomli konsert dasturi o‘tkazildi.

13.Iyu.2024

Harbiy hamkorlik doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy apparati bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polki orkestrining bosh dirijyori podpolkovnik Ueyn Xopla va uning jamoasi ishtirokida dastavval Milliy gvardiya harbiy musiqa litseyi o‘quvchilari uchun ijodiy mahorat darsi tashkil etildi. Ular qisqa muddatda Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida "Ohanglar sadosi" nomli konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rishdi.

Dirijyorlar harbiy musiqa litsey o‘qituvchisi Abror Nozimov va Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polki orkestrining bosh dirijyori podpolkovnik Ueyn Xoplalar boshchiligida xorij va milliy musiqalarimiz o‘quvchilar tomonidan mohirona ijro etildi.

Ushbu madaniy tadbirga tizim harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va hududdagi mahalla yoshlari taklif etildi. Ijro etilgan qiziqarli musiqiy chiqishlar tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi va ularning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Albatta mehmonlarning ijodiy tashrifi yosh orkestr jamoasi uchun katta mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur uchrashuv yetishib chiqayotgan yosh musiqachilarga tantanali tadbirlarni o‘tkazishda amaliy tajriba almashish imkonini berdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech