Marg‘ilon shahrida joylashgan “Erkin Vohidov” nomidagi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

16.Fev.2025

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarni o‘z tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Dastlab, mutafakkir hayoti va ilm-ma’rifat yo‘lidagi izlanishlarini aks ettirgan osori-atiqalar xodimlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Muzeyning 3 ta bo‘limida saqlanayotgan madaniy yodgorliklar adib ijod namunalari hamda kitoblari bilan tanishgan xodimlar tarixning jonli ko‘zgusiga guvoh bo‘lishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech