Milliy gvardiya Farg'ona mintaqaviy o'quv markazida tariximizning buyuk shaxslari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburga hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Zakovat" bellashuvi bo'lib o'tdi. Bellashuvda 3 ta guruhdan iborat o'quv markaz tinglovchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilari 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Bellashuv yakuniga ko’ra Milliy gvardiya Qo’riqlash bosh boshqarmasi safdorlar tarkibini boshlang’ich tayyorlash bo’yicha tinglovchilaridan tashkil topgan "Bobur izdoshlari" jamoasi g’olib deb topildi. Markaz boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliev tomonidan ko’rik tanlovda faol qatnashgan tinglovchilarga esdalik sovg’alari va Markazning faxriy yorliqlari topshirildi. Bu kabi tadbirlar har o’quv yig’iniga mo’ljallangan bo’lib, bunday tadbirlardan maqsad harbiy xizmatchilar va xodimlarga Vatanga mehr va sadoqat tuyg’usini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.
Bo`lishmoq: