Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.
Kitob mutolaasi kishida chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega.
Jumladan, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida ham harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Men sevgan asar" mavzusida kitobxonlik kechasi tashkil qilindi.
Tadbirda qatnashchilar o'zlari sevib o'qigan asar qahramonlari haqida so'zlab berishdi. Savol-javob va fikr-mulohazalar kitobxonlik kechasini yanada mazmunli o‘tishini ta'minladi.
Bo`lishmoq: