Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiorida ma'naviy yuksalishga undovchi hamkorlikdagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bir necha orden va ko‘krak nishonlar sohibasi adiba, shoira, jurnalist Z. Aliyeva, viloyatdagi O‘zbekiston qahramonlari, Milliy gvardiya faxriysi iste'fodagi podpolkovnik X. Sattorovlar ishtirok etdi.
Tadbirda yurt qahramonlari, Vatan uchun, tinchlik yo‘lida jon fido qilgan haqiqiy mard o‘g‘lonlarga atab yozilgan "Vatan sendan rizo, o‘g‘lim" kitob taqdimoti ham o‘tkazildi va qahramonlar xotirasi ulug‘landi.
Shu kuni "Vatan sendan rizo, o‘g‘lim” kitob-albomi boshqarma badiiy kutubxonasi fondidan ham joy oldi.
Bo`lishmoq: