Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tashabbuslari bilan "Mening qaxramonim" shiori ostida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi va 14-anvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchi va xodimlar, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari faxriylar kengashlari vakillari hamda Samarqand shahridagi 43-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan faxriylar o‘zlarining boy xizmat tajribalari, Vatan himoyasining muqaddasligi va bugungi kundagi milliy armiya va qurolli kuchlarning rivoji, hamda joriy islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar va ishlar haqida chuqur fikrlarini bildirishdi. Ular Vatanga sadoqat, davlat rivojiga hissa qo‘shish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va qalbdagi sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Tadbirning so‘ngida Samarqand shahridagi 43-sonli maktab o‘quvchilari harbiy xizmatchi va xodimlarga maxsus xatlar yo‘llab, ularga bayramga munosib tabriklar, Vatan himoyachilariga samimiy tilaklar va minnatdorligi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi, chunki yosh avlodning Vatanga bo‘lgan hurmat va e’zozlashi har ikki avlod o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlab, Vatan himoyasining muqaddasligini, yoshlar uchun harbiy xizmat va vatanparvarlik hissini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Bo`lishmoq: