Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining huquqiy bilim salohiyatini yanada oshirish hamda saylov jarayoni va u bilan bog'liq qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda "Mening tanlovim-obod Vatanim" shiori ostida seminar mashg'uloti o‘tkazildi.
Mashg'ulot davomida tinglovchilarga saylov tizimi, saylov jarayoni va saylov institutining mohiyati, saylovga doir qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yetkazilib, mavzuga oid shaxsiy tarkibni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Bo`lishmoq: