Harbiy xizmatchilar, xodimlar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy gvardiya Markaziy apparati vakillari muntazam ravishda joylardagi bo‘linmalarga borib, sayyor qabullar o‘tkazishmoqda. Asosiy vazifa: suhbat davomida harbiy xizmatchilar va ularning oilalaridagi muammolarni aniqlash va hal qilishda yordam berish.
Xususan, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasining katta ofitseri podpolkovnik B. Ashirmatova va shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining katta ofitseri podpolkovnik N. Urunbayeva Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga xizmat safari davomida ushbu viloyatlar bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmalarining shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari bilan jamoaviy va shaxsiy sayyor qabullar va suhbatlar o‘tkazdi. Har bir murojaat nazoratga olindi, masʼul xodimlarga topshiriqlar berilib, bir qator murojaatlar joyida hal qilindi. Bundan tashqari, masʼul xodimlar oilalarining yashash sharoitlarini o‘rganish uchun harbiy xizmatchilarning uylariga borishdi.
Joylardagi shahar va tuman oilaviy poliklinikalari bazalarida chuqur tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Shuningdek, xodimlar bilan vatanparvarlik, bolalarni tarbiyalash, oilalarda sog‘lom muhitni saqlash mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.
Bo`lishmoq: