Bayrog‘imiz qabul qilingan kun bu - xalqimizning mustaqilligi va o‘ziga xosligining yana bir yorqin ifodasi sifatida har bir o‘zbek farzandi uchun muhim sanadir.
Andijon viloyatidagi Vatanparvar bog‘ida O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatidagi barcha kuch tuzilmalari, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va Ma’naviyat va ma’rifat markazining hamkorligida “Millat bayrog‘i” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyatdagi yoshlar, harbiylar, turli tashkilotlar vakillari birlashib, bayrog‘imizni ulug‘lashdi.
Tadbir dasturida harbiy orkestr tomonidan bayramona musiqa ijro etilib, ishtirokchilarni yuqori kayfiyatga boshladi. Harbiy paradda o‘zlarining yuqori mahoratini namoyish etgan harbiy xizmatchilar, bayrog‘imizni hurmat bilan olib o‘tishdi.
Bayrog‘imizning 33 yilligi – bu xalqimizning mustaqilligi va o‘ziga xosligining yana bir yorqin ifodasi sifatida har bir o‘zbek farzandi uchun muhim sanadir.
Bo`lishmoq: