“Millat bayrog’i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. 

14.Noy.2024

Bugun, 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida Milliy gvardiya hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Millat bayrog’i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. 

Bayram tadbirini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o’rinbosari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori kirish so’zi bilan ochib berishdi. Ushbu bayramning mazmun-mohiyati, bayrog‘imizning davlat ramzi ekani, uning yoshlarda milliy vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi ahamiyati, xalqimizning tarixiy xotirasi, buguni, kelajagi, va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan tinch, osoyishta, erkin va farovon kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasi ekanligini, xalqning timsoli ekanligini haqida to‘xtalishdi. Milliy gvardiya Markaziy devoni mutasaddi vakillari ham o‘z fikrlarini bildirishdi.

Shundan soʻng, bayram tadbirining asosiy qismi boshlandi. Harbiylarimiz Davlat bayrog‘ini ko‘targan holda ishtirokchilarning olqishlari ostida sahnaga kirib kelishdi. 

Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyining professional o‘quvchilari va harbiy orkestr ijrosidagi ilhomlantiruvchi musiqalar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tadbir davomida Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazining ashula va raqs ansambli xonandalari Davlatimiz bayrog’iga bag’ishlangan diltortar kuylarni ijro etishdi. Shu bilan birga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talaba qizlari ham oʻzgacha raqslari bilan tadbirga fayz qo’shishdi.

Davlatimiz bayrog‘ini qadrlashga qaratilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini kamol toptirish hamda g’urur va iftixor tuygʻusini shakllantiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech