“Milliy armiya-Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida oʻquvchi-yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

16.Okt.2024

Ona-vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusi muqaddas hisoblanib, u insonda yoshlikdan shakllanib, sayqallanib boradi.

Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismida boʻlib oʻtgan vatanparvarlik tadbiri ham yoshlarimiz uchun juda ham sermazmun oʻtdi. 

 “Milliy armiya-Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining harbiy vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinflarining yuzdan ortiq oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab Alohida harbiy namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan qiziqarli musiqiy chiqishlar yoshlarga xush kayfiyat bagʻishladi va ularning olqishlariga sazovor boʻldi.

Ayniqsa, Faxriy qorovul hamda harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari barchada qiziqish uygʻotdi.

Ishtirokchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, ularda harbiy sohaga boʻlgan qiziqishi va intilishini yanada kuchaytirdi desak adashmaymiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech