Tadbirda ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi podpolkovnik Do‘stmatov Hasanboy Maʼrufjon o‘g‘li, Harbiy prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya Andijon viloyati faxriylar kengashi a’zolari, iste’foga chiqqan faxriylar, harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda talabalar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda soha fidoiylari o‘zlarining bolalikdagi orzu-havaslari, mashaqqatlarga boy mehnat faoliyati, xizmatda erishgan yutuqlari haqida yoshlarga to‘lqinlanib so‘zlab berishdi.
Bu kabi tadbirlar o'sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda shuningdek, kasbiy hamda ma'naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga munosib hissa qo'shadi.
Bo`lishmoq: