Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha inspektor-psixologlarning Milliy gvardiya qasamyodini qabul qilish marosimi o‘tkazildi

06.Noy.2024

Ushbu muhim tadbirga Milliy gvardiya xizmatchilarining oila aʼzolari, shuningdek, bir qator tashkilotlar, shu jumladan, Harbiy prokuratura, Yoshlar Ittifoqi va Mudofaa vazirligidan harbiy orkestr jamoasi taklif etildi. Marosimda qasamyod qabul qiluvchi psixologlar harbiy hayotga va xalqimizga, Prezidentimizga, ona Vatanimizga sadoqatli xizmat qilishga barcha kuch va imkoniyatlarini sarf qilishga vaʼda berishdi, harbiy orkestr tomonidan jamoa kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Marosimda ishtirok etgan psixologlarning oila aʼzolari ham o‘z tuyg‘ularini bildirib, ularga mehr va tabriklarini izhor qildilar. 

Tadbir so‘ngida boshqarma boshlig‘i o‘z tabrik so‘zida har bir psixologning xizmatini yuqori baholab, ularning mamlakat xavfsizligi va yoshlar orasida psixologik barqarorlikni taʼminlashdagi o‘rnini alohida taʼkidlab omad tiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech