Milliy gvardiya harbiy orkestori jamoasi yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.

09.Dek.2024

Milliy gvardiya harbiy orkestori jamoasi yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi
Dekabr oyi qish faslining boshlanishi ekanligini brachamiz yaxshi bilamiz. Bu oy yana shunisi bilan qiziqki, yil yakuni va yangi yilni kutib oladigan oy ham hisoblanadi. Taʼlim muassasalari, vazirlik va tashkilotlar, ko‘chalar, hiyobon hamda bog‘lar bayramona tusga kiradi. Odamlar kayfiyatida ham ko‘tarinkilik hukum suradi. Aynan shu oyda qishning ziynati qorni qarshi olamiz. Sovuq kunlarni ham. O‘zbekistonda dekabr bayramlar bilan boshlanadi. 8 dekabr kuni Bosh qomusimiz, huquq va erkniliklarimiz, burch va majburiyatlarimiz, qonun, qoidalarimizning asosi, tayanchi bo‘lgan Konstitutsiyamizning qabul qilingan kuni bayram sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayramga Milliy gvardiya harbiy orkestori jamoasi bu gal oldingilaridan o‘zgacha tuxfa tayyorladi. Ular yurtimizga 8 dekabr kuni yangi yil shukuhini qorbobo liboslarida o‘zlarining bayramona musiqiy chiqishlari bilan olib kirdi. Meyjik siti yaʼni “Ertaklar shahri”dan orkestor jamoasining musiqiy dasturlari boshlandi. Bir zumda poytaxtimiz aholisi va tashrif buyurgan mehmonlar qorbobalarni qurshab olishdi. Shundan ham sezish mumkinki, yurtdoshlarimiz qalbida bayramona kayfiyat hukmron.
Shuningdek, orkestor jamaosining chiqishlari Tashkent siti va “Saylgoh” ko‘chalarida davom ettirildi. Shuni maʼlum qilamizki, poytaxtimiz bo‘ylab har kuni harbiy orkestor jamaolarining chiqishlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech