Bugun Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda harbiy xizmatchilar, xodimlar va talabalar ishtirok etishdi.
Talabalar tomonidan buyuk shoir va mutafakkirlarning g‘azallari ijro etilib, ularning asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va xodimlar tomonidan ham ma'naviy-ma'rifiy chiqishlar uyushtirildi.
Bu kabi tadbirlar ajdodlarimizning bebaho merosini keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Tadbir ishtirokchilari ulug‘ ajdodlarning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid qiziqarli ma'lumotlar bilan boyitildi.
Bo`lishmoq: