Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida o‘quvchi-yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

27.Noy.2024

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Faxriylar kengashi hamda joylardagi inspektor-psixologlar hamkorligida Buxoro shahridagi va Jondor tumanidagi maktablarda tahsil olayotgan, harbiylik kasbiga qiziquvchi o‘quvchi-yoshlar uchun Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma'nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirga harbiy xizmatga ishtiyoqmand yoshlar jalb qilindi.

Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilarning harbiy hayoti, jangovar va taktik mashg‘ulotlar, qo`l jangi chiqishlarini kuzatish, aqliy va jismoniy salohiyat kasb etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘zlarida ham vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam ekanligini yashirib o‘tirishmadi. Shuningdek, yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni zimdan kuzatishdi.
Tadbir davomida, qurol-yarog‘lar, jangovar va maxsus texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, yoshlarning Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bilan o‘tkazilgan samimiy subati, barcha uchun esda qolarli bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlarimizni vatanparvalik ruhida tarbiyalashda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishi, shubhasiz.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech