Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi va Farg‘ona viloyati IIB bilan xodimlar o‘rtasida kasbiy psixologik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma reja imzolandi.

07.Fev.2025

Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi va Farg‘ona viloyati IIB bilan xodimlar o‘rtasida kasbiy psixologik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma reja imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Milliy gvardiya qo‘mondonligi o‘rtasida 2024-yil 22-noyabr kuni imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan, Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi hamda Farg‘ona viloyati IIBda psixologik ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma reja imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Markaz boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev o‘quv markaziga O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Milliy gvardiya hududiy boshqarmalaridan kelayotgan xodimlar bilan “Psixologik tayyorgarlik” va “Profayling” dars mashg‘ulotlaridan tashqari psixologlar ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar hamda treninglar tashkil etilishini, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlatimiz xavfsizligi uchun ruhan tetik, ma’nan yetuk kadrlarni tayyorlashdan iborat ekanligini aytdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech