Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo'yicha boshqarmasi psixologik ta'minlash guruhi psixologlari katta leytenant N. Raxmonov harbiy qism kontrakt bo'yicha ayol harbiy xizmatchilari bilan "Stress va depressiya holatlari" mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilarga stress va depressiya holatlarining namoyon bo'lish belgilari, sabablari, davomiyligi ushbu holatlardan shaxsning chiqish yo'llari bo'yicha tushunchalar berildi. Stress va depressiyani yengishga qaratilgan "Enerjayzer", "Qadriyatlar", "Minali maydon", "Ishonchli doira" kabi o‘yinlardan foydalanildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatlarini o'rganishga qaratilgan konsultativ suhbatlar ham olib borildi.
Bo`lishmoq: