Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi.

15.Noy.2024

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan yoshlar bilan Rahbar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi.

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan maktab yoshlari bilan ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish, ularni vatanparvarlik, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarni aniqlash va barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni sifatli ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona tumanida joylashgan 55-umumta'lim maktabida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Musinov yoshlarning muammolari, takliflarini tinglab, yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Ochiq muloqot davomida oʻz xizmat faoliyati, hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib o‘tdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech