Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Maʼnaviy yuksalish va harbiy vatanparvarlik kuni" o’tkazildi

03.Yan.2025

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasida boshlangan kun vatanparvarlik ruhida boshlanib, tinch va farovon yurtga shukronalik tuyg‘ulari shaxsiy tarkib orasida yana bir mustahkamlandi. Dastlab, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etilib, O‘zbekiston Respublikasi va Milliy gvardiya bayroqlari ko‘tarildi shuningdek, shaxsiy tarkib "Jangovar xayqiriq"ga keltirildi va harbiy xizmatchilar safda shaxdam qadamlar bilan o‘tishdi.

Shundan so‘ng, shaxsiy tarkib ishtirokida "O‘zbekiston va umumbashariy muammolar" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech