Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi.

01.May.2024

Tadbir davlatimiz madhiyasining tantanavor ijrosi bilan boshlanib, unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, markaziy devon ofitserlari, shartnoma asosidagi serjant va oddiy askarlar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda ishchi xizmatchilar ishtirok etishdi.

Dastlab so‘zga chiqqan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari A.Sormonkulov bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, shu jumladan Milliy gvardiya tizimidagi barcha bo‘linmalarda 2024/2025 o‘quv yili boshlanganligini taʼkidlab samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, yangi o‘quv yili, tizimda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchi va xodimlardan qatʼiy intizom, yuqori professional tayyorgarlik va jangovar shaylik, vatanparvarlik, xalq va armiya o‘rtasidagi rishtani mustahkamlash talab qilinishiga alohida urg‘u berildi.

Shundan so‘ng, o‘quv yilining dastlabki maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘uloti “Dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat va uning rivojlanish tendensiyasi” mavzusida o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida dunyoda shiddatli geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuzatilayotgani, mafkuraviy xurujlar tobora avj olib tahdidlarga aylanayotgan, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash yuzasidan nazariy bilimlar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech