Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari uchun Shermat Yormatov nomidagi “Bulbulcha” bolalar ansambli tomonidan sahnalashtirilgan “Yangi yil xazinasi” nomli teatrlashtirilgan konsert dasturi tashkil etildi. Unda bolajonlar qorbobo va qorqiz shuningdek, ertak qahramonlarining obrazlarini tomosha qilishib, maroqli hordiq chiqarishdi. Bundan tashqari qorbobo va qorqizdan sovg‘alarni qabul qilib olishdi.
Bo`lishmoq: