Kuni kecha Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Dastlab, Milliy gvardiya rahbariyati oʻz kasbiy faoliyat tajribalari haqida gapirib, erishgan muvaffaqiyatlari zamirida faqatgina bilimga intilish, harakat mujassamligini qayd etdi va yoshlarga motivatsiya berdilar. Barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar yoshlar bilan chambarchas bogʻliqligi alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, yoshlarni sport turlariga keng jalb qilish va oʻzaro muloqotni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi. Tadbirda oʻgʻil-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga Milliy gvardiya masʼullaridan batafsil javob va maʼlumotlar oldilar. Shu bilan birga, tadbirda faol ishtirok etgan va tengdoshlariga namuna boʻlgan bir guruh yoshlar Milliy gvardiya qoʻmondonligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida Milliy gvardiya boʻlinmalaridagi maxsus jihoz va texnikalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Tadbirning ikkinchi qismi ot minish boʻyicha mahorat darsiga bagʻishlandi. Yoshlar, chavandozlik va tulporlarga qanday gʻamxoʻrlik qilishni oʻrganishdi. Mohir chavandozlar tomonidan uloq-koʻpkari, konkur kabi sport musobaqalar uyushtirildi.
Kamondan otish sport turi boʻyicha oʻtkazilgan mahorat darsida esa ishtirokchilar toʻgʻri otish texnikalarini oʻrganishdi. Bu sport turi nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki diqqatni va sabr-toqatni rivojlantirishga yordam beradi.
Aytish kerakki, tashkil etilgan tadbir vatanparvar yoshlarni shakllantirishga, oʻgʻil-qizlarning yangi koʻnikmalarni oʻzlashtirishlarida, yoshlarning kelajakdagi rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Bo`lishmoq: