Video-konferens aloqa shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda dastavval kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisoboti tinglandi.
Xususan, Milliy gvardiya boʻlinmalarida amalga oshirilgan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar, harbiy intizom holati, shuningdek, malakali kadrlarni tanlash va tayyorlash hamda boʻlinmalarni butlash yuzasidan hisobotlar tinglanib, takliflar oʻrganildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasidagi ishlar ham koʻrib chiqildi hamda Bolalar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan oʻtgan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Shu bilan birga, tizimda tibbiyot yoʻnalishida amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar natijalari eʼtirof etilib, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar rejalashtirib olindi.
Bundan tashqari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliti hamda harbiy xizmatchi va xodimlarning oilalari bilan ishlash yoʻnalishidagi yutuq va kamchiliklarga toʻxtalinib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yigʻilish soʻngida, barcha yoʻnalishlar boʻyicha 2025-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Bo`lishmoq: