Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Navoiy davlat universiteti hamda Musiqa va sanʼat maktabi bilan hamkorlikda "Hazrat Navoiyni anglash – o‘zligimizni anglash" shiori ostida "Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi"ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Navoiyxonlik kechasi" tashkil etilib harbiy xizmatchilar va talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylar ijro etildi. Daho shoir asarlarining mag‘zini chaqib, asl mohiyati va ahamiyatini tushunib borganimiz sari Navoiyning kimligi-yu, o‘zimizning kimligimizni har gal qaytadan kashf etaveramiz albatta. Shuningdek, tadbir davomida kuylangan kuy-qo‘shiqlar va mumtoz raqslar yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat bahsh etdi. Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.
Bo`lishmoq: