Oʻquv-yigʻinda qonunchilikdagi oʻzgarishlar, Milliy gvardiya qoʻmondonining ichki idoraviy hujjatlarida belgilangan tartib va normalar boʻyicha amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni
muhokama etish bilan birga mazkur hujjatlarga zamonaviy axborot
texnologiyalarini hisobga olgan xolda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
masalasi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, Markaziy devonda yuritilayotgan kadrlar bilan ishlash va ularni boshqarish avtomatlashtirilgan axborot tizimini Milliy gvardiya
boʻlinmalarida ham tatbiq etish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi hamda ular zaruriy texnik qurilmalar bilan taʼminlandi.
Taʼkidlash joizki, Milliy gvardiya tizimida kadrlar organi faoliyati toʻliq raqamlashtirildi. Ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimi esa shaxsiy tarkibni boshqarish va hisob hujjatlarini tartibli yuritilishi boʻyicha bir qancha qulayliklar yaratadi.
Bo`lishmoq: